17:09 / 16.10.2021
969

Termizda o‘zbek-afg‘on muzokaralari boshlandi

Termizda o‘zbek-afg‘on muzokaralari boshlandi
Bugun, 16 oktabr kuni Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi delegatsiyasi Termizga keldi.

Muzokaralarga O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchilik qilmoqda.

Mazkur muzokaralar O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 2021 yil 7 oktabrda Afg‘onistonga amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar, o‘zaro tovar ayirboshlashdagi to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha masalalarni ham muhokama qilishadi.

Bundan tashqari, Surxan – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif - Kobul - Peshavor yo‘nalishidagi temir yo‘l qurilishi bo‘yicha masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Termizda o‘zbek-afg‘on muzokaralari boshlandi