1 759
Shavkat Mirziyoyev: «Eng katta muammo — Afg‘oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o‘tkazib olishi»
O‘zbekistonning amaldagi prezidenti, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 19 oktabr kuni toshkentlik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘oniston haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarni kuzatib turibsiz. 5 yillik qisqa muddatda katta yutuqlarga erishganimiz bor gap. Afg‘on muammosi bizni jiddiy o‘ylantiradi. Eng katta muammo — Afg‘oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o‘tkazib olishi. O‘ylaymanki, hukumat tepasiga kelgan yangi kuchlar ham o‘z xalqini o‘ylaydi», — dedi u.
Shuningdek, O‘zbekistonda pandemiya sharoitida ham iqtisodiyotni saqlab turishga erishilganini ta’kidlab o‘tdi.
«Hech qachon dunyo iqtisodiyoti bunday jiddiy sinovga duch kelmagan. Kasallik tufayli eng kuchli davlatlar ham qiyin vaziyatga tushib qoldi. Biz shunday vaziyatda ham iqtisodiyotimizni saqlab turishga va hatto o‘sishga erishdik.
Albatta, pandemiya talablaridan hammamiz charchadik. Pandemiya davrida ko‘p davlatlar ‘egoist’ bo‘lib ketdi. Buni ham tushunish mumkin, vaziyat og‘ir. Men ham birinchi navbatda o‘zimizning mamlakat tinchligi, xalqim farovonligini o‘ylashim kerak», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 14 sentabr kuni Afg‘oniston xalqiga un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyabzallardan iborat insonparvarlik yordamini yuborgandi. Afg‘oniston muvaqqat hukumati a’zolari O‘zbekiston Prezidentiga afg‘on xalqining orzu-intilishlariga qaratayotgan ulkan e’tibori, oziq-ovqat inqirozining oldini olishda ko‘rsatgan bunday yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirgandi.
Shavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zLiDePning X qurultoyida «Qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, jafokash afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz», deb aytgandi. Prezident 5 oktabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokaralarda Afg‘oniston xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor aytib o‘tgan. Muzokaralarda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror taraqqiyot garovi ekani ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin