21:23 / 22.10.2021
2 604

Islom Karimovning nevarasi Iman prezidentlik saylovida qaysi partiyaga ovoz berishini aytdi

Islom Karimovning nevarasi Iman prezidentlik saylovida qaysi partiyaga ovoz berishini aytdi
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Iman Karimova 24 oktabrda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida kimga ovoz berishini Instagram’dagi stories’ida ma’lum qildi.

Foto: Instagram / iman.k17
Iman «24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida kimga ovoz berasiz?», degan savolga qisqacha «O‘zLiDeP», deya javob yozgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Iman hozirda O‘zbekistonda emasligini bildirgan. U «Qachon Xorazmga kelasiz?», degan savolga «Keyingi safar O‘zbekistonga borganimda», deb javob qaytargan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 24 oktabr, yakshanba kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Unda Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, Liberal-demokratik partiyadan Shavkat Mirziyoyev, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qodirov va «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimovning nevarasi Iman prezidentlik saylovida qaysi partiyaga ovoz berishini aytdi