09:39 / 25.10.2021
1 725

190ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

190ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi
Foto: Shutterstock
“Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda:
  • amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha namunaviy shakldagi savolnoma (cheklist) to‘ldirilib, loyiha qabul qilingunigacha bo‘lgan bosqichlarda unga ilova qilinadi;
  • cheklist to‘ldirilmagan loyihalar adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi va ishlab chiquvchiga qaytariladi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

2021 yilda amaldagi 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi.

2022 yil 1 yanvardan ilmiy tashkilotlar va OTM vakillari hamda jismoniy shaxslar – mustaqil ekspertlar normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazishi mumkin.

Ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqiladi. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyati har olti oy yakunida baholanadi.

Shunga ko‘ra, xodimlarni lavozim maoshlarining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mablag‘lari berish orqali rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 190ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi