Vazirlik talaba-qizlarga murojaat bilan chiqdi

Vazirlik talaba-qizlarga murojaat bilan chiqdi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimda ishlayotgan yoki tahsil olayotgan talaba-qizlar va ayol xodimlarga murojaat bilan chiqdi.

«Agar siz ta’lim olayotgan yoki mehnat qilayotgan oliygoh, professional ta’lim muassasasida sizga nisbatan biron-bir ko‘rinishda tegajog‘lik, tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lsa, yoxud ana shunday nojo‘ya xatti-harakatlar tahdidi ostida bo‘lsangiz yoki guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz, hech ikkilanmay Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qiling!

Shaxsingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur bo‘lgan barcha yordam ko‘rsatiladi, nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, sodir etilgan har bir holat bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, muhtarama ayollarimizning, aziz opa-singillarimizning sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazirligimiz uchun ustuvor ahamiyatga egadir
», deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat pedagogika universitetida sodir bo‘lgan voqea keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar