16:30 / 28.10.2021
2 260

Andijonda oliy ta’lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi

Andijonda oliy ta’lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi
Foto: Xalq so‘zi
Asaka shahrida Collegium humanum – Varshava menejment universiteti filiali o‘z ishini boshladi. U nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. O‘qitish 12 ta yo‘nalish bo‘yicha Varshava menejment universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq ingliz, rus va o‘zbek tillarida olib boriladi. Pedagoglarning 70 foizini Polsha Respublikasi va Yevropaning boshqa davlatlaridan jalb etilgan o‘qituvchilar tashkil etadi.

Asosiy qabul 2022 yilning mart oyidan tashkil etiladi, - deydi universitetning Andijon filiali rektori Abdurauf Abdullayev. – Hozirda esa 60 nafar talaba bilan ish boshlayapmiz. Ta’lim jarayoni shu yilning 1 noyabr kunidan boshlanadi.

Ushbu ta’lim maskani o‘zbekistonlik yoshlarni jahon talablariga mos mutaxassislar etib tayyorlash bilan bir qatorda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi, - deydi ochilish marosimida so‘z olgan Varshava menejment universiteti rektori, professor Pavel Charnetski. – Universitet filialida yuqori sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish uchun barcha sharoit yaratildi.

Saminjon HUSANOV

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda oliy ta’lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi