Foto: Qozog‘iston Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonidan «Qalqon-2021» maxsus kuchlarning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
«Gvardiya garnizonida Qozog‘iston va O‘zbekiston qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalarining «Qalqon-2021» qo‘shma taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlarda 40dan ortiq zirhli va avtomobil texnikasi, o‘nta aviatsiya texnikasi va dronlardan foydalanmoqda. Mashg‘ulotlar davomida respublikalar qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari qo‘shma maxsus operatsiyani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha bitta taktik otryad tarkibida ishlaydi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu harbiy mashg‘ulotlar maxsus operatsiyani tashkil etish va o‘tkazish jarayonida qo‘mondonlik-nazorat organlari hamda bo‘linmalari harakatlarini o‘zaro muvofiqlashtirishni takomillashtirishga qaratilgan. Qayd etilishicha, mashqlar maxsus kuchlar bo‘linmalari shaxsiy tarkibining malakasi va kasbiy mahoratini oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalarining «Qalqon-2021» qo‘shma taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari 2021 yil 5 noyabrga qadar davom etadi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shma mashg‘ulotlar haqida hozircha ma’lumot bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?