09:46 / 03.11.2021
1 300

«Tolibon» bilan qochqinlar oqimining oldini olish bo‘yicha kelishib olingan — Abdulaziz Komilov

«Tolibon» bilan qochqinlar oqimining oldini olish bo‘yicha kelishib olingan — Abdulaziz Komilov
22 oktabr kuni Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov jurnalistlarning qator savollariga javob berdi. Tashqi ishlar vazirligi 2 noyabr kuni Abdulaziz Komilov ishtirokidagi tadbirning to‘liq videosini e’lon qildi.

Jurnalistlarning Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat va qochqinlar oqimi bor-yo‘qligi haqidagi savoliga javob berar ekan, Abdulaziz Komilov shunday dedi: «Qochqinlar oqimi yo‘q, qochqinlar umuman yo‘q. Biz dastlab qochqinlarni qabul qilmasligimizni aytdik. Bizning pozitsiyamiz - Afg‘onistonga yordam berish edi, lekin bir guruh afg‘onlarni uchinchi davlat hududiga olib chiqish, keyin esa qochqin sifatida ularga g‘amxo‘rlik qilish orqali emas».

Tashqi ishlar vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston uchinchi davlatlarga, diplomatik korpus vakillariga va haqiqatan ham tahdid ostida qolgan odamlarga tranzit hamda mamlakatdan chiqib ketishda yordam ko‘rsatgan.

«Bu O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va darhol uchinchi davlatga olib chiqib ketilgan toifa edi. Bu borada biz yordam berdik, agar kimdir yordamga muhtoj bo‘lsa, Afg‘onistondan tashqariga O‘zbekiston orqali chiqib ketishi uchun biz bunday xizmatlarni ko‘rsatishga tayyormiz. Ammo qochqinlarni uchun maxsus joylar barpo etilmagan va etilmaydi ham», dedi Komilov.

Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston «Tolibon» harakati bilan qochqinlarning nazoratsiz oqimi oldini olish bo‘yicha kelishib olgan. «Ular bizga yordam berdi, odamlarni tinchlantirdi, uyga qaytinglar va tinch-totuv yashanglar, dedi», deya ta’kidlab o‘tdi TIV rahbari.

«O‘shandan beri deyarli hech kim chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinmadi. Biz qochqinlarning nazoratsiz oqimiga ham guvoh bo‘lmayapmiz. Chegarada vaziyat tinch. Qolaversa, Balx viloyati bilan alohida aloqalar o‘rnatganmiz – u bevosita Surxondaryoga tutashgan. Viloyat hokimlari bilan iqtisodiy tuzilmalar o‘rtasida, ayniqsa, tranzit yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Chunki hamma narsa – ko‘prik ham, temiryo‘l ham, avtomobil yo‘li ham Balx viloyatiga olib boradi», dedi A.Komilov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tolibon» bilan qochqinlar oqimining oldini olish bo‘yicha kelishib olingan — Abdulaziz Komilov