Atlantika Kengashi (Atlantic Council) tashabbusi bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklida muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Atlantika Kengashining Yevroosiyo markazi direktori Jon Xyorbst, «Amerika Ovozi»ning o‘zbek xizmati boshlovchisi Navbahor Imomova, Pisburg universitetidagi Boshqaruv va bozorlar markazi asoschisi Doktor Jennifer Brik Murtazashvili, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi katta iqtisodchisi Vinayak Nagaraj hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar ishtirok etdi.
1961 yilda tashkil etilgan Atlantika Kengashi bugungi kunda nufuzli tashkilot bo‘lib, global muammolarni hal etish, xususan, siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha muhim mavzularda muhokamalar va o‘rganishlar tashkil etib, to‘plangan ma’lumot va tahlillarni o‘z nashrlarida chop etib keladi.
Shu boisdan, navbatdagi O‘zbekistonda amalga oshirilgan va oshiriladigan islohotlarga bag‘ishlangan tadbir ham qizg‘in munozaralar va fikrlarga boy bo‘ldi. Unda moderatorlik qilayotgan elchi Xyorbst tomonidan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovga bir qator savollar bilan murojaat qildi.
Jumladan, dastlabki berilgan savol O‘zbekistonning ichki siyosatida qo‘lga kiritilgan asosiy yutuqlarga qaratildi. Ushbu savolga javoban Eldor Tulyakov Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar deyarli barcha sohani qamrab olganligi, ushbu o‘zgarishlarning ko‘pchiligidan tadbir ishtirokchilari ham xabardor ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, xalq bilan muloqot qilish, majburiy mehnat va bolalar mehnatini bartaraf etish borasida qilingan ishlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan Davlat xizmatlari agentligi faoliyati, valyuta bozorining liberallashtirilishi, propiska tizimini bekor qilinishi va fuqarolikni berish tartibi isloh qilingani va tashqi siyosatda salmoqli yutuqlarga erishilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Muloqot davomida ekspertlar O‘zbekiston oldida turgan ustuvor vazifa va maqsadlar bilan ham qiziqishdi va shundan kelib chiqib ichki siyosatda kelajakda amalga oshiriladigan ishlarga oid savol bilan yuzlanishdi.
Unga javoban Markaz rahbari, avvalo, deyarli barcha sohada boshlangan islohotlar davom ettirilishi, xususan, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosabati bilan bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvlarida fuqarolar tomonidan bildirilgan asosli fikr va takliflar inobatga olinishi, shuningdek, yaqinda chop etilgan «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» nomli kitobda belgilab berilgan vazifalar izchillik bilan hayotga tatbiq etilishini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...