23:32 / 03.11.2021
1 770

“Uzbekistan Airports” AJ aeroportdagi tartibsizlik yuzasidan munosabat bildirdi

“Uzbekistan Airports” AJ aeroportdagi tartibsizlik yuzasidan munosabat bildirdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
3 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchilarning norozilik holati aks etgan video tarqaldi. Lavhada bu norozilikka Toshkent-Istanbul reysiga chiptalar sotilgan bo‘lsa-da reys yo‘qligi sabab bo‘lgani aytiladi.

“Uzbekistan Airports” AJ bu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Munosabatda aytilishicha, 3 noyabr kuni “UzAirways” aviakompaniyasining Toshkent-Istanbul yo‘nalishida uchish uchun 200 nafarga yaqin yo‘lovchi aeroportga kelgan. Ammo jadvalda ushbu reys bo‘lmagan. Yo‘lovchilarning barchasi jadvalga kiritilmagan reys uchun chiptalar Asia Luxe Travel sayyohlik kompaniyasi tomonidan sotilganini ma’lum qilishgan.

Toshkent aeroporti xodimlari sayyohlik kompaniyasi va aviakompaniya vakillari bilan bog‘lanib, yo‘lovchilarga reyslar bekor qilingani haqida ma’lumot berishni va bu holatni bartaraf etish choralarini ko‘rishni talab qilgan.

Ma’lum qilinishicha, sayyohlik kompaniyasi UzAirways bilan kelishilmagan holda aviachiptalar savdosini tashkil qilgan va reys uchun 200 ga yaqin chipta sotilgan.

Norozi yo‘lovchilarga suv tarqatilgan va ularni mehmonxonaga jo‘natish uchun transport tashkil qilingan. Ammo yo‘lovchilar bundan bosh tortgani sababli ular uchun Transport vazirligi tomonidan zaxira havo kemasi ajratilib, reysga yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish ishlari boshlab yuborilgan.

“Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” DAK negizida tashkil etilgan , “Uzbekistan Airports” AJ 11 ta xalqaro aeroportning boshqaruvchi tashkiloti hisoblanadi va aviakompaniya va aviachiptalarni sotish bilan shug‘ullanmaydi. Boshqaruv kompaniyasining asosiy vazifalari barcha aeroportlarni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, yo‘lovchilar, yuklar, pochta va bagajlarni tashish jarayonini optimallashtirish, aeroportning barcha xizmatlarining samarali ishlashini ta’minlashdan iborat”, deyiladi kompaniya munosabatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Uzbekistan Airports” AJ aeroportdagi tartibsizlik yuzasidan munosabat bildirdi