
Foto: Xabar.uz
Mamlakatimizda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron xodisalari kuzatilmoqda.
Hodisaga O‘zgidromet izoh berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelishi haqida xabar berilgan.
«Sovuq front zonasida shamolning 12-15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.
Shamol kuchayishi oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarildi va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘rinuvchanlik 500-1000 m gacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi.
Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshdi. Ayni damda shamol tezligi 5-10 m/s va tunggi 24:00gacha prognoz qilinadi», deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar