1 784
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod qilindi
O‘zbekiston Prezidentining farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shuhrat Sodiqov (1969 yilda tug‘ilgan) 2010 yildan Vazirlar Mahkamasida Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri bo‘lib ishlagan. Avvalroq 2008—2010 yillarda «O‘zbektelekom» kompaniyasi bosh direktori, 2006—2008 yillarda shu kompaniya bosh direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U 2018 yildan buyon AKT vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
3 noyabr kuni Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, «Odnoklassniki»ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklagani haqida xabar berilgandi.
Shundan so‘ng, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «O‘zkomnazorat»ning bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakatidan davlat rahbari xabar topganini ma’lum qildi. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev esa noto‘g‘ri va kelishilmagan xatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...