O‘zbekistonda chang bo‘roni kuzatilishi munosabat bilan Toshkent hozirda havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Repost xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkentdagi AQSH elchixonasiga o‘rnatilgan havo ifloslanishini aniqlovchi datchiklar poytaxtda dunyodagi eng xavfli havoni aniqlagan. Chang bo‘ronidan so‘ng O‘zbekiston havo ifloslanishi bo‘yicha ikkinchi o‘rindan birinchi o‘ringa ko‘tarilgan.
Ta’kidlanishicha, havoning ifloslanishi bo‘yicha O‘zbekiston Hindiston, Xitoy, Qirg‘iziston, Bahrayn, Turkiya va Turkmanistondan oldinda. Qo‘shni Turkmanistonda havo O‘zbekistondagidan 4 barobar toza.
Xabarda aytilishicha, vaziyat kundan-kunga og‘irlashmoqda. Fuqarolar nafas olishda qiynalmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni O‘zbekistonning turli hududlarida, xususan, Toshkent shahrida chang bo‘roni kuzatilgandi. «O‘zgidromet» havodagi chang miqdori me’yordan 30 barobargacha oshganini, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmaganini ma’lum qilgandi.
Ertasi kuni toshkentliklar nafas olishda yuzaga kelgan muammolar tufayli shifoxonalarga murojaat qilayotgani haqida xabar qilingan va Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang bo‘ronida ko‘chaga kamroq chiqish va niqob taqish kerakligini bildirib, changli havodan himoyalanish uchun 10 xil tavsiyani ma’lum qilgan. Shuningdek, chang bo‘roni sabab yuzaga kelgan nosozlik oqibatida Toshkentning katta qismi ichimlik suvisiz qolgandi.
Bundan tashqari, bugun, 6 noyabr kuni Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining yangi binosida bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida O‘zbekistonda kuzatilayotgan chang bo‘ronlari haqida fikr bildirib, mamlakatda ekologik tahdidlarning salbiy ta’siri ortib borayotganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...