08:30 / 07.11.2021
1 755

O‘zbekistondagi o‘qituvchilar va shifokorlarning necha foizi koronavirusga qarshi emlangan?

O‘zbekistondagi o‘qituvchilar va shifokorlarning necha foizi koronavirusga qarshi emlangan?
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistondagi o‘qituvchi, tibbiyot xodimlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining qancha qismi koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 7 oy avval boshlangan koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davomida maktab o‘qituvchilarini emlash uchun 1 199 635 doza vaksina qo‘llanilgan.

Ularning:
- 514 316 dozasi birinchi;
- 398 503 dozasi ikkinchi;
- 286 816 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan vaksinalardir.
74,6 foiz maktab o‘qituvchisi virusga qarshi turli bosqichlarda emlanib bo‘ldi. Umumta’lim sohasi vakillari orasida to‘liq emlangan fuqarolar salmog‘i 45,4 foizga yetdi.

Mamlakatda deyarli barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi turli bosqichlarda emlandi.

O‘zbekistonda 7 oy avval boshlangan koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davomida 99,5 foiz tibbiyot xodimlari virusga qarshi turli bosqichlarda emlanib bo‘lgan.

Bu aholi qatlamini emlash uchun jami 1 014 409 doza vaksina ishlatilib, ularning:
- 450 352 dozasi birinchi;
- 408 355 dozasi ikkinchi;
- 155 702 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanildi.
Tibbiyot sohasi vakillarining orasida to‘liq emlangan fuqarolar salmog‘i 76,8 foizga yetdi.

O‘zbekistonda 7 oy avval boshlangan koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davomida 86,4 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari virusga qarshi turli bosqichlarda emlanib bo‘ldi.

Bu aholi qatlamini emlash uchun jami 458 152 doza vaksina ishlatilib, ularning:
- 192 774 dozasi birinchi;
- 154 830 dozasi ikkinchi;
- 110 548 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanildi.
MTT xodimlari orasida to‘liq emlangan fuqarolar salmog‘i 53,5 foizga yetdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi o‘qituvchilar va shifokorlarning necha foizi koronavirusga qarshi emlangan?