Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 9 noyabr kuni «Toshkent yoshlarni sevadi» festivali doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida poytaxtda kuzatilgan chang bo‘roni haqida gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Daryo».
«Toshkentdagi chang masalasiga kelsak, u Qozog‘istondan kelib, Qozog‘istonga qaytib ketdi. Har qanday o‘qimagan odamning ham farosati yetadi, bu chang Toshkentdan boshlanmagan. Uzoqlardan katta qum zarrachalari shamolda maydalanib kelguncha mayda zarrachalarga aylangan bo‘lish ehtimoli bor, lekin men ekolog emasman. Bu Toshkentdan ko‘tarilib, Toshkentdan boshlanmagan. Bu Qozog‘istondan kelib, Samarqandga o‘tib, Samarqanddan Gulistonga, Gulistondan Toshkentga keldi. Toshkentdan Namanganga, yana Qozog‘iston tarafga chiqib ketdi», — dedi hokim.
U Prezident tomonidan «Yashil makon» loyihasi doirasida 40 kun ko‘chatlar ekish ko‘zda tutilganiga ham to‘xtalib o‘tdi. «Yaqin kunlarda biz ham hasharlarda ishtirok etamiz», — dedi hokim.
Jahongir Ortiqxo‘jayev, shuningdek, «Toshkent yoshlarni sevadi» festivalida hozirda qaysi mavzu aktual bo‘lsa, shu bo‘yicha tadbir o‘tkazish mumkinligini, yoshlar ichida ekologiyaga qiziquvchilar bo‘lsa, shu mavzuda tadbirlar o‘tkazilishi va shahar hokimligi buni qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda 4 noyabr kuni boshlangan chang bo‘roni kechga borib Toshkentga ham yetib keldi. Shu kuni poytaxt atmosfera havosida chang miqdori ruxsat etilgan me’yordan 5 barobarga, keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarildi va Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.
6 noyabr kunduzi havoning isishi atmosferada chang tarkibi sezilarsiz kamayishiga olib keldi, ammo changli g‘ubor butunlay tarqalmadi. 7 noyabr kuni havoning ifloslanish darajasi avvalgi kunga nisbatan pasaya boshladi. 8 noyabrda esa Toshkent havosidagi chang miqdori normal ko‘rsatkichga qaytdi.
Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari 5 noyabr kuni Toshkentda tarqalgan chang bo‘ronidan keyin cho‘kkan chang tarkibini o‘rganib chiqib, unda og‘ir metall, tuz, inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emasligini aniqladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...