4 103
15 yoshli qiz bilan jinsiy yaqinlik qilgan o‘qituvchi va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi
2021 yilning avgustida Toshkent shahrida 3 nafar erkak 15 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu shaxslarda nisbatan sud hukmi e’lon qilingan.
Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2021 yil 27 aprel kuni 8-sinf o‘quvchisi dastlab 1991 yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan, keyinchalik uning ikki nafar tanishi – M.M. va B.G. tomonidan jinsiy turdagi jinoyat sodir etilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Mazkur fakt bo‘yicha 30 aprel kuni gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olinib, ularning ishi sudga oshirilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, 11 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchilar A.X., B.G. va M.M.ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetgan va sud hukmi e’lon qilingan. Ta’kidlanishicha, fuqaro A.X. jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sifatida ishlagan.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, fuqaro A.X. Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. B.G. hamda M.M. esa Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
«Nemolchi.uz» loyihasining ma’lum qilishicha, qizning onasi sud qaroridan rozi emas. U ushbu shaxslar Jinoyat kodeksining 128-moddasi (18 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan emas, balki 118-moddasi bilan (bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlash) bo‘yicha jazolanishi kerak deb hisoblamoqda. Ayol ushbu ish doirasida oxirigacha kurashishga qaror qilganini bildirgan.
Qonunchilik talablariga muvofiq, ushbu hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanganlar va jabrlanuvchining qonuniy vakili esa hukm nusxasini olgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi apellyatsiya sudlov hay’atiga shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi