O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni kechasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Bu haqda davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini Turkiy davlatlar tashkilotining tarixiy sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilmaga raislikni qabul qilib olgani bilan yana bir bor tabrikladi.
Prezidentlar O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi bugungi yuqori sur’atlarni saqlab qolish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, ikki mamlakat yetakchi korxona, kompaniya va banklari kooperatsiyasini kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.
Gumanitar aloqalar faollashgani, O‘zbekiston va Turkiyada madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi