09:57 / 14.11.2021
1 790

O‘zbekistonda «Yilning eng yaxshi tadbirkori» davlat mukofoti ta’sis etilishi mumkin

O‘zbekistonda «Yilning eng yaxshi tadbirkori» davlat mukofoti ta’sis etilishi mumkin
«Yilning eng yaxshi tadbirkori» davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, tadbirkorlar uchun har yili davlat mukofotini ta’sis etish taklif etilmoqda.

20 avgust kuni nishonlanadigan tadbirkorlar kuni munosabati bilan har yili beshta eng yaxshi biznes vakillariga mukofot topshirilishi kutilmoqda. Mukofot miqdori BHMning 100 baravari — 27 million so‘m etib belgilanadi.

Ish o‘rni yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, eksport qilish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchaga namuna bo‘ladigan hamda jamiyat hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillari talabgor sifatida qatnashadi.

Shuningdek, mukofot bilan taqdirlangan shaxslar haqida «Yilning ilg‘or tadbirkorlari» kitobi chop etib boriladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur mukofotga nomzodlarni viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi ko‘rsatadi.

Farmon loyihasiga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi uch oy muddatda:
  • «O‘zbekiston Respublikasining ‘O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor’ faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini;
  • «Yilning eng yaxshi tadbirkori» davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «Yilning eng yaxshi tadbirkori» davlat mukofoti ta’sis etilishi mumkin