«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi 12 noyabr kuni Qonunchilik palatasida o‘tkazgan fraksiya yig‘ilishida «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda partiya axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi deputatlarning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘lgan. Fraksiya a’zolarining barchasi qonun loyihasida elektron sigaretalarni taqiqlash bo‘yicha qat’iy cheklov kiritishni taklif qilgan.
«Dunyoning 32 mamlakatida elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak. Mutaxassislar uning genofondga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aytmoqda. Partiyamiz ham ushbu masalani muntazam ko‘tarib keladi. Kim nima desa desin, ushbu qonun loyihasiga elektron sigaretalarni qat’iy taqiqlash bo‘yicha cheklov kiritilmas ekan, biz ushbu qonunning qabul qilinishiga qarshi ovoz beraveramiz», — degan fraksiya rahbari Alisher Qodirov.
Ta’kidlanishicha, taklif bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan va qonun loyihasi qo‘mitaga qaytarilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, hozirda Toshkentdagi 1000 dan ortiq do‘konda bir marta ishlatiladigan nikotinni yetkazib beradigan elektron tizimlar sotilyapti. Bu esa tamaki mahsuloti bozorining 40 foizini hamda qiymat ifodasida tamaki mahsuloti bozori ulushining 4 foizini tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?