07:28 / 23.11.2021
676

Sepkillar go‘zallikmi yoki kasallik?

Sepkillar go‘zallikmi yoki kasallik?
Foto: Google Images
Tibbiy ma’lumotlarga qaraganda sepkillar teridagi uncha katta bo‘lmagan sarg‘ish, qo‘ng‘ir, qoramtir, shakli har xil pigmentativ dog‘lar hisoblanadi. Moddalarning muvozanatsizligi, stress va vitamin yetishmovchiligidan paydo bo‘lishi yoki ota-onadan bolaga irsiy o‘tishi ham mumkin. Kimgadir sepkillar juda yarashib turadi. Ammo ularsiz jozibali ko‘rinishni istaydigan ayollar ham oramizda talaygina. Ana shunday qizlarimiz uchun kosmetolog Shahnoza Gulyamovaning tavsiya va maslahatlarini taqdim etamiz.

Sepkillarni ketkazishni tavsiya qilmayman
— Men sepkillarni go‘zallik deb hisoblayman. Chunki Alloh taolo barchamizni o‘zimizga xos qilib yaratgan. Siz kabi o‘xshashi yo‘q. Sepkilini yo‘qotishga kelgan mijozlarimga ham o‘zingizga juda yarashib turibdi. Hali ular to‘kilib ketganidan keyin «sepkillarimni topib bering» deb menga to‘polon qilib kelmang, deb hazil qilaman.

Men Alloh bergan xilqatni o‘zgartirishga qarshiman. Faoliyatimda ham umuman tashqi ko‘rinishni o‘zgartiruvchi muolajalar qilmayman.

Foto: Instagram / @kosmetolog_shahnoza
Sepkillarni butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi
Ammo ba’zi ayollarimizning yuzidagi sepkil turmush o‘rtog‘iga yoqmaydi yoki yuzi tiniq bo‘lishini xohlaydi. Aynan shunday ayol-qizlarimiz uchun sepkil tushiruvchi maxsus muolajamizni qo‘llayman.

Bizda IPL lazerimiz bor. U bilan yarim soat davomida ishlaymiz: 15 kunda sepkillar to‘kilib tushadi.

Foto: Instagram / @kosmetolog_shahnoza
Quyosh natijasida yuzga tushgan sepkillar nasliydan ko‘ra davolash muddati uzoqroq bo‘ladi. Masalan, nasliy sepkillarni ketkazishga bitta muolaja yetsa, quyoshdan tushgan sepkil dog‘ hisoblanadi. Uni ketkazishga ko‘p vaqt va parvarish kerak bo‘ladi.

Lekin bir narsani alohida ta’kidlashim kerak, har qanday muolaja muddati uzog‘i 4-5 oyga yetadi xolos. Vaqt o‘tib, yuzda paydo bo‘laveradi. Chunki bu tibbiyotda nasliy kasallik hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Sepkillar go‘zallikmi yoki kasallik?