10:23 / 23.11.2021
2 032

Xotirani yaxshilaydigan beshta mahsulot

Xotirani yaxshilaydigan beshta mahsulot
Foto: «Pixabay.com»
Taomnomaga bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish xotirani yaxshilashga yordam beradi, dedi rossiyalik diyetolog Aleksandra Razarenova.

Xotira uchun eng foydali beshta mahsulotdan biri avokado bo‘lib, uning tarkibida sog‘lom yog‘lar, ko‘p miqdorda kaliy, kletchatka va antioksidantlar bor. Pantotenik kislota uzoq muddatli xotiraga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U yetishmasa, odam charchoqni his qiladi. Biroq ortiqcha vaznga ega odamlar avakadoni ko‘p iste’mol qilmasliklari kerak: u juda kaloriyali.

Rozmarin kognitiv funksiya va konsentratsiya uchun foydalidir, deya maslahat berdi mutaxassis. Tarkibidagi atsetilxolin fikrlash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur. Zaytun yog‘ini muntazam iste’mol qilish xotirani mustahkamlashga va organizmdagi toksinlarni zararsizlantirishga yordam beradi. Alsgeymer kasalligiga qarshi samarali profilaktika sifatida buyuriladi.

Nerv va ildiz hujayralarini hosil qiluvchi EGCG antioksidanti ko‘k choyda mavjud: u xotiraga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Degenerativ kasalliklarga qarshi ayni muddao. Ichimlikdagi L-teanin o‘rganish qobiliyatini va umumiy ish faoliyatini oshiradi.

Ko‘p miqdorda kakao bo‘lgan shokoladda miyani kislorod bilan ta’minlaydigan organik moddalar mavjud. To‘q rangli shokolad, ayniqsa, foydalidir. Bu ham uyquchanlikni yengishga yordam beradi va umumiy tonusni oshiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xotirani yaxshilaydigan beshta mahsulot