17:30 / 25.11.2021
1 803

No‘xatning qanday foydali xususiyatlari bor?

No‘xatning qanday foydali xususiyatlari bor?
Foto: Harper’s Bazaar
Sharq oshxonasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan no‘xatning qanday foydali xususiyatlari bor ekanligi haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Yuqori sifatli o‘simlik oqsili va kletchatkaning koni sanalgan no‘xat hazm jarayonini yaxshilab, uzoq vaqt davomida qorinning to‘q bo‘lishini ta’minlaydi. Ortiqcha ovqatlanishning oldini olgani hisobiga vazn ortishi kuzatilmaydi. A, C va E vitaminlarining koni sanalgan ushbu mahsulot teri ahvolidan tortib immun tizimigacha ijobiy ta’sir qiladi.

Tabiiy antioksidant sifatida ma’lum bo‘lgan ushbu vitaminlar organizm hujayralarini zararli radikallardan himoya qiladi. Yallig‘lanishning oldini olib, qarish jarayonini sekinlashtiradi. A va E vitaminlari yog‘da eruvchan hisoblanadi, bu esa ularning singishi uchun yog‘lar kerakligini bildiradi. No‘xatda foydali yog‘lar kamligi sabab vitaminlarning singishi oson bo‘ladi.

Atigi bir finjon qaynatilgan no‘xatda energiya beradigan, hujayralarni himoya qiladigan, immunitetni mustahkamlaydigan marganes kunlik me’yorining 80 foizi mujassam. Ushbu porsiya qon aylanishi, qon bosimining me’yorda bo‘lishi, mushak va asab tizimining me’yorda bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan temir va magniy bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, no‘xat immunitetni himoya qiladigan rux moddasini o‘z ichiga oladi.

Glyuten bo‘lmagani sabab allergiya keltirib chiqarmaydi. Garvardning sog‘liqni saqlash jamoatchilik maktabi mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, no‘xat iste’mol qilish ikkinchi darajali qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi.

Qorinni dam qilmasligi uchun no‘xatni ivitib qo‘ygandan keyin bir necha marta yuvish kerak. Suv uning tarkibidagi ichaklardagi diskomfortga sabab bo‘ladigan moddalarni tortib oladi. Ushbu mahsulotni zaytun yog‘i va ziravorlar qo‘shib asosiy taom sifatida ham iste’mol qilish yoki sabzavotli ragu, go‘shtli ovqat va salatlarga qo‘shsa ham bo‘ladi. Shuningdek, no‘xat xumus uchun asosiy mahsulot hisoblanadi. Buning uchun uni zaytun yog‘i, kunjutli pasta va ziravorlar qo‘shib, maydalash kerak bo‘ladi. Bu organizmni zarur moddalar bilan ta’minlaydigan foydali taom hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » No‘xatning qanday foydali xususiyatlari bor?