Foto: Xalq so‘zi
Buxoroda an’anaviy XI xalqaro Abu Ali ibn Sino o‘qishlari boshlandi. Buyuk tabib, olim va faylasufning insoniyatga qoldirgan boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, dunyo ahlini, jumladan, yoshlarni jahon tibbiyoti ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan bu ulug‘ ajdodimiz hayoti, faoliyati bilan atroflicha tanishtirish kabi xayrli maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan mazkur tadbir Ibn Sino nomidagi jamoat fondi, Buxoro viloyati hokimligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda alloma nomi bilan ataluvchi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Tadbirda Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Germaniya, Eron, Rossiya kabi qator davlatlar vakillari, mamlakatimiz tibbiyot va tabobat sohasining yetuk olim — mutaxassislari ishtirok etishyapti.Bu galgi o‘qishlar “Abu Ali ibn Sino va COVID-2019” deya nomlandi.
An’anaga muvofiq, ilmiy — amaliy anjuman qatnashchilari bugun tib ilmining sultoni tug‘ilgan Afshona qishlog‘ini ziyorat qildilar, uning haykali poyiga gullar qo‘ydilar. Ibn Sino nomidagi muzeyda bo‘ldilar.
— Shunday nufuzli anjumanda qatnashayotganimdan baxtiyorman, - deydi O‘zbekiston — Koreya xalq tabobati markazi eksperti Yongil Song. — Bu yerda hamkasblarimiz bilan o‘zaro tajriba almashyapmiz. Ibn Sino ta’limotining mazmun — mohiyatiga oid bilim va tushunchalarimizni boyityapmiz.Ushbu saboqlar pirovardida odamlar salomatligini muhofaza etishda qo‘l keladi, albatta.
Tadbir dasturi doirasida Buxoro davlat universitetida xorijiy olim va shifokorlar tomonidan mahorat saboqlari o‘tkazildi.Unda buyuk ajdodimizning qo‘lyozmalaridan tortib zamonaviy tibbiyot masalalarigacha qamrab olindi. Yoshlar markazida esa matbuot anjumani hamda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida sog‘lom turmush tarzi mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
An’anaviy Ibn Sino o‘qishlarining asosiy tadbirlari ertaga ham davom etadi.
Istam IBROHIMOV
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...