Toshkentda noqonuniy ko‘chirib o‘tkazilgan daraxtlarning 107 tasi qurib ketdi

Toshkent shahrida Shayxontohur tumani, “Yunona” MFY, Abu Ali ibn Sino ko‘chasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga (Ekopolitsiya) kelib tushgan murojaat asosida hududdagi yopiq kollektor hududi tekshirildi.
Tekshiruv natijasida 108 tup daraxt noqonuniy tarzda ko‘chirib o‘tkazilgani aniqlangan.
Daraxtlarning holati o‘rganilganda, 107 tup daraxt – shu jumladan 12 tup mojjevelnik (archa) va 95 tup Eldor qarag‘ayi – qurib qolganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu daraxtlar bo‘yicha Toshkent shahar ekologiya bosh boshqarmasiga murojaat qilingan, biroq boshqarma rad javobini bergan.
Shunga qaramay, daraxtlar noqonuniy tarzda ko‘chirib o‘tkazilgan.
Huquqbuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 noyabrdagi 464 sonli qaroriga muvofiq – “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” – tabiatga 881 million 268 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!