1 836
Non, tvorog, smetana, qandli choy o‘rniga, faqat pechene va choy berilgan — Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan birgalikda Chimboy «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida vasiylikka olinganlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Monitoring davomida tegishli tartibda tasdiqlangan kundalik taomnoma asosida, oziq-ovqat mahsulotlarining berilayotganligi holati o‘rganilganida qator kamchiliklar aniqlandi.
Jumladan, joriy yilning 10 noyabr kuni ikkinchi nonushtaga non, tvorog, smetana va qandli choy berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, vasiylikka olinganlarga faqatgina pechene va choy berilgan.
Bundan tashqari, internatda saqlanayotganlarga o‘z vaqtida tibbiy muolajalar ko‘rsatilmayotgan ham aniqlandi. Jumladan, joriy yilning 5-15 noyabr kunlari oralig‘ida massaj qilish uchun biriktirilgan internat xodimi J.A. tomonidan vasiylikka olinganlarga umuman massaj muolajalari olib borilmagan bo‘lsada, ularga massaj qilganligi to‘g‘risida tegishli jurnallar to‘ldirgan.
Shuningdek, aniq vaqt oralig‘ida qilinishi kerak bo‘lgan muolajalarni o‘tkazishi kerak bo‘lgan xodim ham ishga kelmaganligi va xizmat ko‘rsatilmaganligi, lekin tegishli jurnallarda vasiylikka olingan shaxs uchun dori vositasi sarflanganligi qayd qilingan.
Internat xodimlari tomonidan vasiylikka olinganlarga kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar bo‘yicha yumshoq anjomlarning tarqatilishi holati o‘rganilganida ham ularni rasmiylashtirishda omborxona mudiri tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘ygani, ba’zi hollarda olingan anjomlar tegishli tartibda vasiylikka olinganlarga tarqatilmagani aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»