21:00 / 28.11.2021
1 980

Jahonning qashshoq mamlakatlariga dahshatli muammo xavf solmoqda

Jahonning qashshoq mamlakatlariga dahshatli muammo xavf solmoqda
O‘g‘itning global tanqisligi dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida oziq-ovqat muammosi va ochlikka olib kelishi mumkin. Bu haqda Norvegiyaning Yara International o‘g‘it ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bosh direktori Sveyn Tore Xolseter VVSga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Korxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda jahon o‘g‘it bozorida taqchillik kuzatilmoqda. Ko‘pgina o‘g‘itlarda mavjud bo‘lgan ammiak ishlab chiqarish uchun gaz ishlatiladi, uning narxi keskin oshib, o‘g‘itlar qimmatlamoqda.

Boshqa kompaniyalar bilan bir qatorda Yara International ham o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘lgan. Xolseterning aniqlik kiritishicha, o‘g‘it ishlab chiqarishning kamayishi oqibatida fermerlar ekinlarni avvalgidek samarali yetishtira olmaydi, bu esa defitsitga olib keladi. Uning ta’kidlashicha, eng qashshoq mamlakatlar oziq-ovqat tanqisligidan eng ko‘p zarar ko‘radi.

Dehqonlar makkajo‘xori va bug‘doy hosilini oshirish uchun o‘g‘itlardan foydalanmoqda.

«Bu juda qo‘rqinchli holat, biz oziq-ovqat inqiroziga duch kelyapmiz. Bu butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat narxlariga ta’sir qiladi va ko‘pchilikning hamyoniga zarar bo‘lib xizmat qiladi. Ammo ba’zi odamlar uchun, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda, bu nafaqat pul masalasi, balki hayot-mamot masalasidir»,— deydi Xolseter.

Shu munosabat bilan Yara International rahbari ommaviy ocharchilikdan oldini olish uchun Jahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme, WFP) gumanitar tashkilotini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishga chaqirgan.

O‘g‘it tanqisligi AQSH va Kanada kabi ko‘plab boy mamlakatlarda ham uchraydi. Ularning ichki bozorlaridagi muammolar kaliy va azotli o‘g‘itlarning jiddiy tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu fermerlarni xaridlarini sezilarli darajada kamaytirishga majbur qildi.

2021 yil boshidan buyon jahon o‘g‘itlari narxi 80 foizga qimmatladi va noyabr oyida karbamidni azotli o‘g‘itlash narxi birinchi marta bir tonna uchun ming dollardan oshdi. Shu bilan birga, ekspertlar rossiyalik ishlab chiqaruvchilar Shimoliy Amerika don bozoridagi noqulay vaziyatdan foydalanishlari mumkinligini ta’kidladilar. Ular uchun kelasi yili an’anaviy ravishda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan raqobatchilar egallab turgan yangi hududlarga, masalan, Janubi-Sharqiy Osiyoga eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahonning qashshoq mamlakatlariga dahshatli muammo xavf solmoqda