15:10 / 29.11.2021
1 763

O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» qishning dastlabki kunlari anomal iliq ob-havo bilan boshlanishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 29—30 noyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va ochiq kun bo‘lishi kutilmoqda. Tushdan so‘ng havo 12-17 daraja iliqqacha isiydi, kechalari havo harorati 3-6 daraja iliqni tashkil etadi.

1—2 dekabr kunlari janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Harorat kechalari 6-9 darajagacha iliq, kunduz kunlari esa 17-22 darajagacha iliq bo‘ladi. Bu dekabr oyi boshi uchun bo‘lgan me’yordan 8-11 darajaga yuqoridir.

Faqat 2 dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

3 dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikaning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida (shimoliy hududlar va Farg‘ona viloyatidan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli istisno emas. 3 dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham me’yordan yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kuni sovuq antisiklon respublika hududidan asta-sekin chekinib, respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda