
Foto: Dreamstime
Prezidentning “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Adliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 1 martdan boshlab quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
a) xo‘jalik jamiyatlarining yagona ta’sis hujjati sifatida uning muassislari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavini e’tirof etish orqali ularning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha talab;
xo‘jalik jamiyatlarida taftish komissiyasining (taftishchining) bo‘lishi bo‘yicha majburiy talab;
aktivlarining balans qiymati 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lgan korxonalarda, shuningdek aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming karrasidan ko‘proq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha majburiy talab;
mas’uliyati cheklangan jamiyat ijroiya organi vakolatlarini yuridik shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) berish bo‘yicha taqiq;
yuridik shaxs hisoblangan xo‘jalik jamiyati ishtirokchilari o‘z vakillari orqali umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun ushbu vakilga beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash talabi bekor qilinishi;
b) tijorat tashkilotining ustav fondiga (ustav kapitaliga) puldan o‘zga vositalar bilan hissalar qo‘shilayotganda hissaning qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, haq sifatida kiritilayotgan ushbu mol-mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan belgilanishiga. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar