Kelgusi yilda ipoteka dasturlari doirasida 50 mingga yaqin xonadonli uy-joylar quriladi. Bunga qariyb 13 trillion so‘m maqsadli kredit va 1,3 trillion so‘m subsidiya ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev sohaga bag‘ishlangan videoselektor davomida ta’kidlab o‘tdi.
«Bu dastlabki hisob-kitoblar. Agar talab bo‘lsa, yana qo‘shimcha resurs ajratiladi. Buning uchun, aholi va quruvchi tadbirkorlarga ipoteka tizimi va qurilish sohasida bo‘ladigan yengillik, qulaylik va imkoniyatlar beriladi», — dedi davlat rahbari.
Prezident tomonidan ta’kidlanishicha, bundan buyon, ipoteka kreditlari shartlaridan bir qator cheklovlar chiqarib tashlanadi.
«Bugungi kungacha, ipoteka kreditlari va subsidiya olishda, uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bor edi (maydoni – 70 kvadrat metrgacha, narxi – 400 million so‘mgacha). Ushbu cheklovlar chiqarib tashlanadi.
Endi, sotib olinadigan xonadonning maydoni va narxidan qat’iy nazar, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so‘m subsidiya to‘lanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ehtiyojmand aholi tomonidan kreditni qaytarishda foizning davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir xilda 10 foiz etib belgilanishini ta’kidlab o‘tdi. Hozirda viloyatlarda 10 foiz, Toshkent shahrida esa 12 foizdan yuqori qismi qoplab berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi