08:30 / 06.12.2021
3 716

Buxoroda bir guruh ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Buxoroda bir guruh ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Jondor tumanida aholi gaz va «svet» yo‘qligi sabab avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani aytilgan videolavha tarqaldi. Jondor tuman hokimligi bunga munosabat bildirib, aholining gaz elektr ta’minoti bo‘yicha iddaolari mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 4 dekabr kuni Jondor tuman «Romish» MFY hamda «Oqtepa» MFYlar hududida istiqomat qiluvchi aholi «Oqtepa» MFY hududidan o‘tuvchi Gazli—Kogon yo‘nalishi bo‘yicha yangidan qurilayotgan yuqori bosimli magistral gaz quvuri qurilish ishlari olib borilayotgani tufayli, ushbu qurilayotgan magistral gaz quvuridan tabiiy gaz ulab berilishini talab qilib mazkur hududdan o‘tuvchi yo‘l yoqasiga yig‘ilgan.

Jondor tuman «Romish» MFY hududida joylashgan 660 ta hamda «Oqtepa» MFY hududida joylashgan 653 ta aholi xonadonlarini kafolatlangan yoqilg‘i resurslarlari bilan ta’minlash maqsadida mazkur hududlarda tabiiy gaz ta’minoti tanqisligi kuzatilgani sababli 2016 yil iyul—sentabr oylarida hukumatning tegishli qarorlari va topshiriqlari asosida bosqichma-bosqich suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirish ishlari amalga oshirilgan.

29 noyabr – 3 dekabr kunlari «Jondortumangaz» ta’minoti bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda «Romish» MFY hamda «Oqtepa» MFYga qarashli qishloqlardagi iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.

«Hududgaz Buxoro» GTF tomonidan Jondor tuman «Romish» MFY hamda «Oqtepa» MFYlar hududida joylashgan aholi xonadonlari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi» talablariga asosan tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan belgilangan tartibda uzluksiz suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

Jondor tuman elektr ta’minoti korxonasining ma’lumotiga ko‘ra, tumandagi «Oqtepa» MFY Oqtepa va Urganjilar qishlog‘ida 2017 yil «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha har ikkala qishloqlarda ham qo‘shimcha 3 donadan yangi 63 va 100 kilovatt quvvatli transformatorlar o‘rnatilib, elektr ta’minoti yaxshilangan. Aholi xonadonlarida elektr ta’minotida hech qanday uzilishlar mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda bir guruh ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi