
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2021 yil 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli «Indenim» savdo majmuasi binosida portlash yuz berib, kamida 9 kishi tan jarohati olgani, 2 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov portlash sababini ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, portlashning taxmin qilinayotgan sababi — savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi. Hodisa oqibatida savdo majmuasi atrofidagi bir nechta aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlari binolariga, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga ziyon yetgan.
«Xavotirga o‘rin yo‘q. Asosiy taxminga ko‘ra, savdo majmuasi ichidagi gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalari buzilish oqibatida gaz-havo aralashmasi hosil bo‘lganligi va portlash aralashmaning chaqnashi oqibatida yuz bergan. Hozirda baxtsiz hodisaning oqibatlarini bartaraf etish borasida FVV, IIO, Milliy gvardiya va tegishli idora va tashkilotlarning xodimlaridan iborat ishchi guruhlar ishlarni amalga oshirmoqda», — dedi Muzaffarov.
Denov ShahriPortlash SababiGaz AsboblariSavdo MajmuasiFVV XodimlariIjtimoiy Tarmoq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar