1 876
Davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg‘a olishi taqiqlanishi kutilmoqda
Qonunchilik palatasiga «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi kiritildi, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov.
Uning ma’lum qilishicha, hujjatda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi, davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi, xizmat safarlari, ijtimoiy himoyasi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sog‘lig‘i davlat budjeti hisobidan majburiy sug‘urta qilinishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasiga muvofiq, endilikda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritiladi hamda davlat fuqarolik lavozimlari guruhlar, toifalarga bo‘linadi va malaka darajalari hamda davlat fuqarolik xizmati lavozimi turkumlari tartibga solinadi.
Bundan tashqari, qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar belgilanib, o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo‘lgan shaxslar bevosita bo‘ysunuv va nazorat ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash, pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan faoliyat turi bilan shug‘ullanish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, mavqeyidan foydalanib yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishi evaziga har qanday turdagi mukofot yoxud sovg‘a olish, chet el fuqaroligiga ega bo‘lish, respublika hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochish va egalik qilish, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanmoqda.
«Ahamiyatlisi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida bob ajratilgan bo‘lib, unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilanishi va rioya qilish yuzasidan monitoring va nazorat o‘tkazilishini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining sovg‘a olish va berish tartibini belgilash, davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalari, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisining xizmatda va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalarini belgilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda», — degan Akmal Burhonov.
Eslatib o‘tamiz, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi 2020 yil 22 maydan 6 iyungacha umumxalq muhokamasiga qo‘yilgandi. Loyiha bo‘yicha mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ushbu loyihasi aynan davlat fuqarolik xizmatchilari orasida korrupsiyani tag-tugi bilan yo‘q qilishga qaratilganini ta’kidlagandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021—2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturida 2021 yil 1 sentabrgacha «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi loyihasini xorijiy ekspertlarning tavsiyalari va keng jamoatchilik fikri asosida takomillashtirish va hukumatga kiritish vazifasi qo‘yilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi