17:51 / 10.12.2021
2 824

Samarqand O‘zbekistonning "turizm darvozasiga" aylantiriladi

Samarqand O‘zbekistonning "turizm darvozasiga" aylantiriladi
Samarqandda yaqin kelajakda shahar aholisi soni 1 millionga, bu yerga yiliga kelayotgan turistlar sonini 5 millionga yetkaziladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidetni Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Samarqandni O‘zbekistonning “Turizm darvozasi”ga aylantiriladi va kelajakda sayyohlik xizmatlari hajmini 10 barobarga oshirish mo‘ljallangan.

"Viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini yiliga 5 millionga yetkazish maqsad qilingan", - deyilgan xabarda.
Xususan, 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi, 212 gektar maydonda Samarqand biznes va turizm markazi quriladi. Uning tarkibida 8 ta mehmonxona, dam olish va ko‘ngilochar ob’ektlar, hunarmandchilik markazi, sun’iy suv havzalari bo‘ladi, 5 mingdan ziyod yoshlar bandligi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqin yillarda Samarqandni yashash uchun qulay bo‘lgan “millionli shahar”ga aylantirish rejalashtirilgan. Buning uchun shahar tarkibiga qo‘shni tumanlardan muayyan hududlar qo‘shiladi. Davlat idoralari va ma’muriy xizmatlar tarixiy markazdan boshqa joyga ko‘chiriladi. 2 ta tonnel va 2 ta ko‘prik quriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand O‘zbekistonning "turizm darvozasiga" aylantiriladi