Rossiyaning SmartAvia kompaniyasi Farg‘onaga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Rossiyaning SmartAvia kompaniyasi Farg‘onaga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
Foto: Uzbekistan Airports
Rossiyaning SmartAvia kompaniyasi Farg‘ona shahriga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.

Qayd etilishicha, 11 dekabrda ushbu aviakompaniya Domodedovo aeroportidan Farg‘ona aeroportiga birinchi qatnovini amalga oshirdi. An’anaga ko‘ra, samolyot suvli arka bilan kutib olindi.

Moskva–Farg‘ona–Moskva yo‘nalishidagi muntazam qatnovlar haftaning shanba kunlari Boeing-737, 800 va A-321 laynerlarida amalga oshiriladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar