2 066
Adliya vazirligi ayollar huquqlarini kuchaytirish bo‘yicha qator jiddiy takliflarni ilgari surdi
Bugungi kunda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, ayollar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘z joniga, farzandlari hayotiga qasd qilish holatlari kuzatilmoqda.
Ayollarning naqafat turmush o‘rtoqlari tomonidan, balki qaynota va boshqa qarindoshlari tomonidan, eng achinarlisi, bog‘cha, maktab yoshidagi qizlarga zo‘ravonlik qilish holatlari kuzatilmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
1. Qonunchilikda “ta’qib etish” (stalking), ya’ni qizlarni, ayollarni orqasidan kuzatib yurish tushunchasi kiritilmaganligi, ushbu holatdan himoyalanish mexanizmlari ham mavjud emasligini anglatadi.
Bu holat arzimasdek tuyilishi mumkin, ammo ta’qib qilish oqibatida xotin-qizlarda kuchli ruhiy tushkunlik, qo‘rquv, himoyasiz shaxsdek o‘zini his qilish, odamlarga qo‘shilmaslik kabi hissiyotlarni keltirib chiqaradi.
Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikka “ta’qib etish” (stalking) tushunchasini kiritish hamda ta’qib ostida qolgan xotin-qizlarga ham himoya orderi berish tizimini joriy etish kerak.
AQSH, Avstraliya va Frantsiyada har 5 nafar ayoldan bittasi ta’qib etishni boshidan kechiradi va ushbu davlatlarda mazkur harakatlardan himoya qilish institutlari shakllangan.
2. Qonunchilikda ish va o‘qish davomida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar ish beruvchisining yoki ta’lim muassasasi rahbarining javobgarligi belgilanmagan.
Ish yoki o‘qishda tazyiqqa uchragan ayollar va zo‘ravonlik qilgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni cheklash tartibining yo‘qligi takroran zo‘ravonlik, tazyiq sodir etilishiga sabab bo‘ladi.
Shuni inobatga olgan holda ish yoki o‘qishdagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yish uchun jabrlanuvchi va tazyiq o‘tkazgan shaxs o‘rtasidagi har qanday aloqalarni cheklash lozim.
Bunda ish beruvchilar zimmasiga zo‘ravonlar va jabrlanuvchining har qanday o‘zaro munosabatga kirishishiga cheklov o‘rnatish majburiyatini yuklash kerak.
3. Xotin-qizlarning turli ko‘rinishdagi rasmlari, videolarini tarqatish orqali ularning shaxsiy hayot daxlsizligini, ayniqsa intim hayot daxsizligini buzish holatlari ko‘plab uchramoqda.
Bu holatlar kelgusida ularning hayotini tubdan o‘zgartirib, oilaviy munosabatlarning buzilishiga, jamiyatdan ajralib noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Amaldagi javobgarlik choralari ayollarni bunday harakatlardan to‘laqonli himoya qilish imkonini bermayapti.
Ayollarning shaxsiy hayotiga turli “tajovuz”larning oldini olish maqsadida, shaxsiy hayot daxlsizligini to‘liq kafolatlagan holda, ularning intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun alohida javobgarlikni belgilash zarur.
Kanada, Germaniya, Angliya, Yaponiya, Avstraliya, AQSHda shaxsning intim surati va videotasvirlarini tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.
4. Bugungi kunga qadar zo‘ravonlikka uchragan qariyb 36 mingga yaqin ayolga himoya orderi berilgan, bu degani 36 ming ayolga yordam kerak.
Biroq hozirda butun respublikada Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha markazlari atigi 29 ta, bu markazlar zo‘ravonlikka uchrayotgan ayollarni to‘liq qamrab olish imkoniyatini bermaydi.
Ayollarga yordam ko‘rsatish institutlarini ko‘paytirishga xususiy tadbirkorlarni jalb qilish kerak. Bunda tadbirkorlarga turli yo‘nalishlarda, masalan, yer ajratishda, davlat bino va inshootlaridan foydalanishda, soliq, davlat grantlari, subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalarda imtiyozlar berish samara beradi.
5. Ayollarga turli gap-so‘zlar “otish”, ularga nisbatan turli izohlarni aytish, ularning qaddi-qomatini baland ovozda tasvirlash, qiyoslash... bu holat barchamiz uchun oddiy holga aylanib qolgandek. Aslida, bu kabi harakatlar ayollarning erkin harakatlanishini chegaralaydi, ayrim hollarda ruhiy tushkunlik, sog‘liqqa ham zarar yetkazadi.
Shu sababli, ayollarga nafsoniyatga tegishi mumkin bo‘lgan gap-so‘zlarni aytishni taqiqlash va ushbu harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik chorasini belgilash, shu bilan birga ayollarga shikast yetkazish holati uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish lozim.
Belgiya, Portugaliya, Argentina, Kanada, Yangi Zelandiya va AQSH kabi davlatlarda bunday harakatlar mayda huquqbuzarlik sifatida baholanib, 750 yevrogacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...