00:26 / 14.12.2021
2 433

AQSHga borayotgan yo‘lovchilarga eslatma berildi

AQSHga borayotgan yo‘lovchilarga eslatma berildi
Uzbekistan Airways Qo‘shma Shtatlarga borayotgan yo‘lovchilarga eslatma bilan chiqdi. Xabarga ko‘ra, AQSHga borayotgan yoki tranzit orqali o‘tadigan yo‘lovchilar, kelishlaridan kamida 15 kun oldin (emlash kuni + 14 kun) COVID-19ga qarshi to‘liq emlanganliklarini tasdiqlaydigan guvohnomaga ega bo‘lishlari lozim.

Guvohnomada yo‘lovchining ma’lumotlari (masalan, ism va tug‘ilgan sana) pasport/sayohat hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan mos kelishi zarur.

Qayd etilishicha, quyidagi vaksinalar qabul qilinadi: AstraZeneca (SK Bioscience), AstraZeneca (Vaxzevria), Covishield, Covaxin, Janssen, Moderna (Spikevax), Pfizer-BioNTech (Comirnaty), Sinopharm va Sinovac.

Ta’kidlanishicha, ushbu vaksinalarning kombinatsiyasi (o‘zaro qo‘llanilishi), agar ular kamida 17 kun oralig‘ida kiritilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi.

Bu:
  • AQSH fuqarolariga;
  • AQSHda yashash guvohnomasiga ega shaxslarga;
  • 18 yoshga to‘lmagan yo‘lovchilarga;
  • sog‘lig‘i sababli vaksinani ololmasligini tasdiqlovchi shifokorning maktubiga ega yo‘lovchilarga;
  • AQSH, boshqa hukumat yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taqdim etilgan taklifnoma xati yoki boshqa rasmiy hujjatga ega, xizmat yuzasidan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun amal qilmaydi.

AQSHga borayotgan yoki tranzit orqali o‘tadigan yo‘lovchilar birinchi jo‘nash nuqtasidan ketishdan 1 kun oldin COVID-19ga manfiy testdan o‘tishlari kerak. Ruxsat etilgan testlar: antigen, NAAT, RT-LAMP, RT-PCR yoki TMA

Bu:
  • Ikki yoshdan kichik yo‘lovchilar;
  • birinchi jo‘nash nuqtasidan ketishdan 90 kun oldin kechiktirmasdan olingan COVID-19 testining musbat natijasi bo‘lgan yo‘lovchilar;
  • va sog‘liqni saqlash tashkilotidan yo‘lovchining sayohatga ruxsat berilganligi haqidagi xatga ega bo‘lganlarga taaluqli emas.

Parvozdan oldin yo‘lovchilar attestatsiya shaklini to‘ldirishlari va uni chop etishlari (qog‘oz shaklida chop etishlari), parvozdan oldin ro‘yxatga olish vaqtida taqdim etishlari kerak.

Shakllarni ushbu havolalar orqali topish mumkin:
Attestation - Children under 18 years of age
Attestation - Diplomats
Attestation - Fully vaccinated individuals
Attestation - US citizens and Lawful Permanent Residents

Yuqoridagilar 2 yoshdan kichik bo‘lgan yo‘lovchilarga taalluqli emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSHga borayotgan yo‘lovchilarga eslatma berildi