07:30 / 15.12.2021
3 756

Buxoroda 13 yoshli maktab o‘quvchisi ammasining o‘g‘lidan farzandli bo‘ldi

Buxoroda 13 yoshli maktab o‘quvchisi ammasining o‘g‘lidan farzandli bo‘ldi
Buxoro viloyati Jondor tumanida maktabda tahsil oluvchi 13 yoshli qiz ammasining 20 yoshli o‘g‘lidan farzandli bo‘lgan. Bu haqda «Daryo» nashri xabar qildi.

Jondor tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Latofat Jo‘rayevaning so‘ziga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan Sh.M. Buxoro shahrida yashovchi ammavachchasi R.T. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgan. Bir necha yil ilgari o‘rta maktabni tugatgan R.T. ishlash uchun Rossiyaga ham qatnab yurgan. Xabarda aytilishicha, u qizning yosh va soddaligidan foydalangan.

«Maktabning sobiq direktori O.Q. 7-sinf o‘quvchisi Sh.M.ning xatti-harakatidan shubhalangan. Shundan so‘ng qizning ota-onasi maktabga chaqirtirilgan va holat ochiqlangan. Oila esa ibratli, mahallada hurmat topgan xonadonlardan biri. Afsuski, hatto, ota-onasi ham qizining homiladorligidan bexabar bo‘lgan. To‘g‘risi, onaizorning holatini tasvirlab berish menga oson emas», — deydi Latofat Jo‘rayeva.

Maktab direktori F.T. homilador o‘quvchisining 13 dekabr kuni kechqurun Buxoro shahridagi Perinatal markazida farzandli bo‘lganini bildirgan.

Tibbiyot xodimlaridan birining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, bola sog‘lom va nazoratda.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 13 yoshli maktab o‘quvchisi ammasining o‘g‘lidan farzandli bo‘ldi