09:04 / 20.12.2021
2 069

Yulduz Usmonova va shoir sudlashishda davom etmoqda

Yulduz Usmonova va shoir sudlashishda davom etmoqda
Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev va Yulduz Usmonova o‘rtasidagi sud ishi hali davom etmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudi Yulduz Usmonovadan shoir foydasiga «Xasta bo‘lma» nomli she’ridan mualliflik huquqini buzib foydalangani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqargandi.

29 oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yu.Usmanovadan da’vogar Y.Ro‘ziyevga 50.000.000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

Shundan so‘ng honanda Usmonova Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritgan.

Xozirda Toshkent shahar sudi birinchi instansiya sudi qarorini ko‘rib chiqmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yulduz Usmonova va shoir sudlashishda davom etmoqda