Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi va mahalliy ijro etuvchi organlar bilan birgalikda 2021–2023 yillarda bosqichma-bosqich barcha maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari oldiga hamda yondosh yo‘llariga tezlik me’yorini keskin kamaytirgan holda, 30 km/soatda harakatlanishni bildiruvchi yo‘l belgilari va sun’iy notekisliklar o‘rnatib, to‘liq jihozlaydi;
Shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘lakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatiladi. O‘quvchilarni bepul tashish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’ektlariga litsenziya to‘lovlari va boshqa yig‘imlar bo‘yicha imtiyoz berish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ichki ishlar vazirligi:
Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini barcha umumta’lim maktablariga biriktiradi va ular tomonidan o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalari borasida savodxonligini oshirish bo‘yicha “sinf soatlari”da yo‘l harakati xavfsizligi uchun belgilangan mavzular doirasida bilimlar berib borilishini ta’minlaydi;
ta’lim muassasalariga biriktirilgan xodimlarni o‘tgan mashg‘ulotlari uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib boradi; “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)