10:38 / 22.12.2021
1 475

O‘ktam Barnoyevning ukasi Romitan tumani hokimi etib tayinlandi

O‘ktam Barnoyevning ukasi Romitan tumani hokimi etib tayinlandi
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Umedjon Barnoyev 22 dekabr kuni Romitan tumani hokimi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Xalq deputatlari Romitan tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Botir Zaripov bu haqda tegishli qarorni o‘qib eshittirgan. Qarorga ko‘ra, tumanga 2019 yildan beri hokimlik qilib kelayotgan Xurshid Tohirov boshqa mas’ul lavozimga tayinlanishi sababli lavozimidan ozod etilgan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Xurshid Tohirov.
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Umedjon Barnoyev 1970 yil 12 iyulda Romitan tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — muhandis-mexanik, huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Keyinchalik boshqarmaning ariza va shikoyatlar bo‘yicha katta maslahatchisi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi (1998—2004) lavozimlarida ishlagan.

2004—2005 yillarda Respublika Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti Toshkent shahar hududiy bo‘limi katta mutaxassisi, 2-darajali yuristi, 2004—2013 yillarda Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018), mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Safari Vogue innovatsion turizm klasteri direktor o‘rinbosari (2018—2020), mazkur MCHJ innovatsion turizm klasteri bosh direktori (2020) lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Umedjon Barnoyev 2016—2020 yillarda Buxoro viloyati hokimi bo‘lib ishlagan, 2020 yil 20 sentabrida koronavirus oqibatida vafot etgan O‘ktam Barnoyevning ukasidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘ktam Barnoyevning ukasi Romitan tumani hokimi etib tayinlandi