15:41 / 22.12.2021
1 633

Prezident: Janubiy Koreyada tabiiy boyliklar yo‘q, lekin iqtisod bo‘yicha kuchli o‘nlikka kiradi

Prezident: Janubiy Koreyada tabiiy boyliklar yo‘q, lekin iqtisod bo‘yicha kuchli o‘nlikka kiradi
Olmaliq shahriga tashrif buyurgan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev hududdagi konlardan oqilona foydalanish, bu orqali xalq farovonligini oshirish zarurligi haqida to‘xtaldi.

Hozir minglab yosh oilalar Olmaliqda uy qurib berishimizni kutib turibdi. Rejalarimiz ulkan, 10-12 qavatli uylar quramiz, o‘n minglab odamlarimiz boshpanali bo‘lishadi. So‘zga e’tibor bering – boshpana. Shunday qilaylikki bekobodlik qarindoshlaringiz, hatto Toshkentdagi tanishlaringiz Olmaliqqa ko‘chib kelishsin. Chunki Olmaliqda yaxshi uylar, chuchuk suvlar, arzonchilik bo‘lsin va eng muhimi yaxshi ish bo‘lsin.

Olmaliqdagi tabiiy boyliklarimiz dunyo bo‘yicha istiqbolli ekanligi bilasiz. Mana, men yaqinda Janubiy Koreyaga borib keldim. Ularda bizdagidek tabiiy boyliklar yo‘q, lekin iqtisod bo‘yicha kuchli o‘nlikka kiradi.

Ular bizdan so‘rashyapti – muhtaram prezident, biz investitsiya kiritsak, kelajakda necha foiz yashil iqtisodiyotga o‘tiladi, deyishyapti. Agar biz bu ko‘rsatkichni 25 foizga chiqarsak, ular jon deb kelishadi. Biz qazib olayotgan mis dunyo bo‘yicha tobora ko‘p ishlab chiqarilayotgan elektromobillar uchun juda zarur
”, – dedi davlat rahbar.

Prezident yig‘ilish davomida o‘zi yo‘lga qo‘ygan yangi yo‘nalish – hokim yordamchilari faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilayotgani bilan ham qiziqdi va kerakli tavsiyalarini berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Janubiy Koreyada tabiiy boyliklar yo‘q, lekin iqtisod bo‘yicha kuchli o‘nlikka kiradi