16:42 / 22.12.2021
1 473

«Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman» — Prezident kadrlar muammosi haqida

«Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman» — Prezident kadrlar muammosi haqida
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurgan prezident Shavkat Mirziyoyev faollar bilan uchrashuvda Toshkent viloyatidagi kadrlar muammosi haqida gapirdi.

«Men nima uchun hokim yordamchilari degan tizimni joriy qildim, chunki o‘zim uchun yaxshi kadrlar qidirib yuribman. Mana, bugun ham sizlar bilan suhbatda o‘zim uchun yangi kadrlar kashf qildim.

Andijon viloyatida 30 yilda hokimlar soni ko‘p bo‘lmagan. Lekin Toshkent viloyatiga majoziy ma’noda aytganda 30 ta hokim kelib-ketdi. Nega? Chunki ishni eplaydigan yaxshi kadrlar yo‘q. Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi. Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman.

Zoyir Mirzayevni bekorga olib kelmadim bu yerga. Qashqadaryo ham og‘ir viloyatlardan biri edi, ammo epladi. Toshkent viloyatida muammolar ko‘pligi uchun uni atayin bu yerga olib keldim
», dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman» — Prezident kadrlar muammosi haqida