17:38 / 23.12.2021
1 505

O‘zini IIO xodimi deya tanishtirib, jarimalarini o‘chirtirmoqchi bo‘lgan kirakash ushlandi

O‘zini IIO xodimi deya tanishtirib, jarimalarini o‘chirtirmoqchi bo‘lgan kirakash ushlandi
Kadr: Telegram
Toshkentda birovlarning nomini sotib, o‘zini organ xodimi sifatida tanishtirgan holda noqonuniy ishlarni bitkazib olmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O. (1995 yilda tug‘ilgan) kirakashlik bilan shug‘ullangan va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun bir qancha jarimalari yig‘ilib qolgan. Shunda u Toshkent shahar IIBB YHXB Ma’muriy amaliyot bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida tanishtirgan hamda jarimalarini o‘chirtirib berishini talab qilgan.

«Ijaraga olgan mashinalarimdan birining jarimalari ko‘payib ketgandi. Shu sababli YPX xodimlari mashinani jarima maydonchasiga tiqib qo‘ygandi. Ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘iga telefon qilib, o‘zimni huquqni muhofaza qiluvchi organda ishlayman deb tanishtirdim», — deydi u.

Toshkent shahar IIBB YHXB Ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i Nadim Oripov barchasi qonuniy ko‘rib chiqilishini aytgan.

Oradan bir necha kun o‘tgach, fuqaro O. Toshkent shahar IIBB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, yana o‘zini organ xodimi sifatida tanishtirgan va singlisini imtihondan o‘tkazib berishlarini talab qilgan.

Qayd etilishicha, O.ga tegishli bo‘lgan avtomobilni uning tanishi boshqargan vaqtida Chilonzor tumanida YPX xodimi tomonidan to‘xtatilganda, u O.ga telefon qilib, muammoni telefon orqali hal qilib berishini so‘ragan. Shundan so‘ng, O. telefon orqali o‘zini IIO xodimi deb tanishtirib, YPX xodimidan uni qo‘yib yuborishini so‘ragan.

YPX xodimi uni tanimagani va ish joyini aniqlashtirib, vaziyatga qonuniy baho berishini bildirgan.

Shundan so‘ng IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan fuqaro O. ushlangan. O‘zini xodim deya tanishtirgan shaxs yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Natijada, uning IIOga hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan tergov o‘tkazilgan hamda qonuniy chora ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini IIO xodimi deya tanishtirib, jarimalarini o‘chirtirmoqchi bo‘lgan kirakash ushlandi