1 162
O‘zbekistonda aeroportlar xususiylashtirilmaydi, chunki «bunday sog‘in sigir o‘zimizga ham kerak»
O‘zbekiston aeroportlarni xususiylashtirmaydi, ammo aeroportlarning ayrim elementlari xususiy investitsiyalar hisobidan rivojlantirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda, Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbari Ra’no Jo‘rayevaga tayanib, «Podrobno.uz» xabar bermoqda.
«O‘zbekiston aeroportlari Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa orasidagi geografik joylashuvi sharofati bilan katta eksport salohiyatiga ega va respublika uchun mustahkam valyuta manbasi hisoblanadi. Boshqachasiga aytganda, bunday sog‘in sigir o‘zimizga ham kerak», — dedi Jo‘rayeva xonim.
Shunga qaramay, O‘zbekiston tomoni aeroportlarning turli elementlarini rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb etishga tayyor. Bu borada davlat-xususiy sherikchilik imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin.
«Masalan, biz hozirda Samarqanddagi loyihani ‘Marokanda’ kompaniyasi bilan birga amalga oshiryapmiz. Yangi aerovokzalni qurib berish evaziga ular yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish funksiyasini qo‘lga kiritmoqda. Buxoroda ham xuddi shunday loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan», — deya ta’kidladi u.
Qo‘shma korxonalar — bu boradagi ikkinchi yo‘nalish hisoblanadi.
«Biz hozir barcha aeroportlarda keytering, mehmonxona biznesini qanday rivojlantirish mumkinligi ustida bosh qotiryapmiz. Mehmonxonalar zarur, chunki reyslarning kechiktirilishi kabi holatlar bo‘lib turadi. Ko‘plab logistika kompaniyalari aeroportlarimizga yuk tashuv infratuzilmalarini rivojlantirish jihatidan qiziqish bildirmoqda. Darhaqiqat, jahonning juda ko‘plab mamlakatlaridagi xususiy kompaniyalar aeroportlarning turli elementlarini rivojlantirishda qatnashishga tayyor. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bunda xususiy investitsiyalarni jalb etishning asosi raqobat bo‘lmog‘i zarur», — dedi Jo‘rayeva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shu sababli ham aeroportlarni to‘liq xususiylashtirish haqida so‘z borayotgani yo‘q, biroq ularning ayrim elementlarini xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda rivojlantirish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi