Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
23 dekabr kuni «E-notarius.uz» portali orqali ilk bor to‘liq onlayn rejimda notarial harakat amalga oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro U.V. notarial idoraga kelmasdan turib, voyaga yetmagan farzandini chet elga chiqishga rozilik berish arizasini videokonferensaloqa yordamida rasmiylashtirgan. Mazkur xizmat test rejimida ishga tushirilgan va keyingi yilning boshidan to‘liq tatbiq etiladi.
Endilikda «E-notarius.uz» axborot portali orqali mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishonchnomani tasdiqlashni, ijro xatini yozishni, arizadagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashni (doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yishga rozilik, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqishga rozilik berish bilan bog‘liq ariza va majburiyatnomalar), shuningdek to‘lovlarni ham amalga oshirish mumkin.
Bu qanday amalga oshiriladi?
Onlayn notarial harakatni rasmiylashtirish uchun «E-notarius.uz» axborot portaliga kirib, respublikadagi istalgan notariusga masofadan turib notarial harakatni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qilinadi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida murojaat qiluvchining shaxsiga oid ma’lumotlar ONE ID – Identifikatsiyalashning yagona tizimi orqali avtomatik ravishda to‘ldiriladi. «E-notarius.uz» axborot portalida notariusga murojaat qilishning tartibi va bosqichlari fuqarolar tushunishi uchun qulay shaklda, alohida eslatmalar bilan o‘zbek va rus tillarida joylashtirilgan.
Ma’lumotlar murojaat qiluvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangandan so‘ng, onlayn notarial harakat uchun to‘lov kvitansiyalari ham avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Murojaat qiluvchi va notarius kelishilgan vaqtda notarial harakatni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun videokonferensaloqaga chiqadi va notarial harakat rasmiylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi