16:16 / 29.12.2021
1 125

Kanada O‘zbekistonda viza markazi ochishni rejalashtirmoqda

Kanada O‘zbekistonda viza markazi ochishni rejalashtirmoqda
Foto: Flickr
O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) Javlon Vahobov Ottavada ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha byurosi bosh direktori Xaydi Kus, tashqi ishlar vazirining Yevropa, Yaqin Sharq va G‘arb masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yordamchisi Sandra Makkardell, Afg‘oniston va Pokiston departamenti ijrochi direktori Kristofer Gibbins bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, mehnat migratsiyasi sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, investitsiyalar jalb etish borasidagi hamkorlik, afg‘on xalqiga yordam doirasidagi sheriklik, shuningdek, O‘zbekiston—Kanada hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

Ta’kidlanishicha, Kanada Tashqi ishlar vazirligi vakillarining alohida e’tibori O‘zbekiston tashqi siyosati va iqtisodiy diplomatiyasining mohiyatiga qaratilgan. O‘zbekiston bugungi kunda diplomatik faollik markazi ekani, uning mintaqaviy siyosati va yangilangan tashqi siyosati tinchlik va muloqotni mustahkamlashga hissa qo‘shayotgani, shuningdek, aniq-ravshan siyosiy realizm va pragmatizmni namoyon etayotgani qayd etilgan.

Bosh direktor Xeydi Kus bilan uchrashuv chog‘ida Kanada oliy va yuqori darajadagi siyosiy aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor ekani ta’kidlangan. Kanada TIV vakili yillik siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, shuningdek, turli darajadagi siyosiy muloqotlar darajasini oshirish va o‘zaro almashinuvlarni ko‘paytirish muhimligini qayd etgan. U 2022 yilda Toshkentda siyosiy maslahatlashuvlarning 9-raundini o‘tkazish uchun Kanada delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga tayyorligini bildirgan.

Bundan tashqari, Kanada vakili O‘zbekiston ustuvor hamkor davlatlar qatoriga kiritilgani, mamlakatda Kanada viza markazini ochish rejalashtirilayotgani va dunyoda epidemiologik vaziyat yumshashi bilan bu haqda qaror qabul qilinishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari yordamchisi Sandra Makkardell bilan uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama va hududlararo hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.

Xususan, Sandra Makkardell O‘zbekistonning o‘tayotgan yildagi taraqqiyotini sharhlar ekan, prezident Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning ko‘lami ulkan ekanini qayd etgan. Shu nuqtai nazardan, Kanada vakili O‘zbekiston rahbarini so‘nggi umumxalq saylovidagi ishonchli muvaffaqiyati va ulkan g‘alabasi bilan tabriklagan. «Ishonchim komilki, O‘zbekiston keyingi besh yilda avvalgi yillarga nisbatan yanada katta muvaffaqiyatlarga erishadi», — deya qo‘shimcha qildi Sandra Makkardell.

Afg‘oniston va Pokiston departamenti ijrochi direktori Kristofer Gibbins bilan muzokaralar chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.

Kristofer Gibbins O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistondagi murakkab gumanitar vaziyatni yumshatish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan va afg‘on xalqiga birgalikda insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni batafsil muhokama qilish uchun O‘zbekiston bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kanada O‘zbekistonda viza markazi ochishni rejalashtirmoqda