Foto: IIV axborot xizmati
Qo‘yliq bozorida samarqandlik tadbirkordan pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 14 noyabr kuni soat 09:30 larda Samarqand shahrida yashovchi F.A. ho‘l meva mahsulotlarini sotib olib, Samarqand viloyatiga yuborish maqsadida Qo‘yliq bozoriga kelganda “Feruz”, “Navro‘z”, “Ismoil” va “Isroil” ismli shaxslar o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish niyatida uning 400 AQSH dollari miqdorida bo‘lgan pullarini olib qo‘yib, voqea joyidan yashiringan.
Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Toshkent shahar Mirobod tumani Qo‘yliq mavzesida yashovchilar – 1984 yilda tug‘ilgan X.I., 1986 yilda tug‘ilgan X.F. hamda 1978 yilda tug‘ilgan X.I.lar qo‘lga olingan.
Dastlabki surishtiruvda ular F.A.ni 7-8 yildan beri tanishini, arizachi ulardan meva olib ketib, 4 million so‘m qarzni 2 yildan buyon bermasdan yurganini, 14 noyabr kuni uni ko‘rib qolib, nizolashishganini va yonida bo‘lgan 400 dollarni olib qo‘yishganini bildirishgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha hujjatlar to‘planib, Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi