1 299
2022 yil boshidan buyon xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganlarga qancha mablag‘ qaytarildi?
O‘zbekiston bo‘ylab 2022 yil 8 yanvar holatiga 10 mingdan ortiq iste’molchi tomonidan 100 mingga yaqin xarid cheklari keshbek uchun «Soliq» mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasiga tayanib «Gazeta.uz» xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolarda yig‘ilgan keshbek summasi 941 million so‘mni tashkil etmoqda — har bir iste’molchiga o‘rtacha 94 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi.
«Buni intizomli soliq to‘lovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin», — deyiladi xabarda.
Ammo xarid chekida MXIKlar noto‘g‘ri yoki umuman aks ettirilmagani sababli ularni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammoga duch kelgan fuqarolarning murojaatlari soni ortgan. 1 yanvardan MXIK aks ettirilmaydigan cheklarni taqdim etish taqiqlangan, lekin ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan nazorat-kassa texnikalarini yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmagan. Buning oqibatida 3 milliard 429,2 million so‘mlik (shundan 34,2 million so‘m keshbek) cheklarga (jami ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarning 12,6 foizi) keshbek summasini hisobga olish rad etilgan.
DSQ ma’lumotiga ko‘ra, endilikda chekda MXIK kodi to‘g‘ri ko‘rsatilgan barcha tovarlar (xizmatlar) uchun keshbek taqdim etiladi. Rad etish to‘liq xarid summasiga (butun chek uchun) emas, balki faqat ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan MXIK kodi ko‘rsatilgan mahsulot (tovar va xizmat)larga nisbatan qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasi hisobidan 20 foiz miqdorida mukofot to‘lanadi. Mukofot fuqaroning bank kartasiga o‘tkazib beriladi.
2021 yilning oktabr oyida prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarori qabul qilingandi. Hujjat bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan hamda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar