12:25 / 10.01.2022
1 268

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya yo‘lladi
O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston xalqi va Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning maktubida qardosh Qozog‘iston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda og‘ir jarohatlar olgani, ko‘rilgan katta talafotlar munosabati bilan prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga va do‘st Qozog‘iston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etilgan.

Davlatimiz rahbari vatan osoyishtaligi va mamlakat xalqining himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lgan fidoyi farzandlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tilagan”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z ixtiyori bilan Xavfsizlik kengashi rahbarligidan ketishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Elboshi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Nazarboyev «tartibsizliklar va terror mamlakat rahbariyatidan operativlik, qat’iyat va murosasizlik bilan javob qaytarilishini talab etishini yaxshi anglagan».

Nazarboyev va To‘qayev doim «barrikadaning bir tomonida turib, xalq, mamlakat va millat kelajagini muhofaza qilishi» qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya yo‘lladi