
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi. Oradan ikki kun o‘tib, 7 yanvar kuni davlat rahbari odatdagi tartibda ishlashga kirishgan.
«O‘zbekiston 24» telekanalida efirga ketgan «Menimcha» teleko‘rsatuvida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning aytishicha, prezident Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar sabab ta’tildan erta qaytgan.
«Qozog‘istondagi voqealar boshlanishi bilan prezidentimiz uchta davlat rahbari bilan telefonda gaplashib, mintaqadagi vaziyat va qo‘shni davlatdagi voqealarning mintaqaga ta’sirini muhokama qildilar. Xalqimiz tinchligi, farovonligi va xavfsizligi prezident uchun birinchi o‘rinda turadi va u kishi doim xalqimiz bilan birga. Davlat rahbari ta’tildan tez qaytishlarining sababi Qozog‘istondagi tinchlik tarafdori ekanlaridir», — dedi Sherzod Asadov ko‘rsatuvda.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning mehnat ta’tillari odatda bir hafta davom etadi. Prezident 2021 yili yanvar oyida, 2019 yil avgust oyida ta’tilga chiqqandi.
Shavkat MirziyoyevO‘zbekiston PrezidentiMehnat Ta'tiliQozog‘istondagi VoqealarDavlat RahbariTinchlik Tarafdori O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar